Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda 55 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

Qozog‘istonda 55 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus buzilib qoldi

O‘zbekistonning Aqtau shahridagi (Qozog‘iston) bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, 20-noyabr kuni Samara-Chimkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va ichida 57 nafar odam, jumladan 55 o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus Aqtobe viloyati Xromtau tumani hududida texnik nosozlik tufayli to‘xtab qolgan.

Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha viloyat departamenti yordamida yo‘lovchilar issiq joyga evakuatsiya qilingan. TIV xabariga ko‘ra, ular orasida tibbiy yordamga muhtojlar yo‘q. Sovuq ob-havoga qaramay, avtobusda yoz uchun mo‘ljallangan yonilg‘idan foydalanilgani va u muzlab qolgani nosozlikka sabab bo‘lgan. Ayni paytda ta’mirlash ishlari olib borilmoqda.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va Qozog‘istonning tegishli idoralari bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring