Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qozog‘istonda 14 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi

Qozog‘istonda 14 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus  ag‘darilib ketdi

Mamlakatimizning Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi 26-fevral kuni Chimkent – Yekaterinburg yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotgan va yo‘lovchlari orasida 14 nafar O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan avtobus Aqtobe viloyati hududida ag‘darilib ketgani to‘g‘risida OAVda tarqalgan xabarni tasdiqladi.

Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, tibbiy yordamga ehtiyoj sezilmagan. Qozog‘istonning yo‘l politsiyasi va favqulodda vaziyatlar bo‘yicha organlari xodimlarining yordami bilan yo‘lovchilar evakuatsiya qilingan, avtobusga texnik xizmat ko‘rsatilgan va yo‘nalishini davom ettirgan.

TIV Konsullik-huquqiy departamenti yana bir bor O‘zbekiston fuqarolari e’tiborini avtobuslarda yoki avtomobil transportining boshqa turlarida qishgi vaqtda Qozog‘istonga kirishda yoki uning hududidan o‘tishda ehtimoliy xatarlarni hisobga olish va tegishli choralar ko‘rish zarurligini eslatgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring