Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi YPX avtomobillarini «majaqlab» ketdi. Nima bo‘lgandi o‘zi? (video)

Qoraqalpog‘istonda yuk mashinasi YPX avtomobillarini «majaqlab» ketdi. Nima bo‘lgandi o‘zi? (video)

Foto: Videolavhadan skrinshot

Kecha, 19-noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda qurollangan yo‘l-patrul xizmati xodimlari xizmat mashinalari bilan yo‘lni to‘sib, yuk mashinasini to‘xtatishga urinayotgani, yuk mashinasi esa YPX avtomobillarini urib-majaqlab, o‘z yo‘lida davom etayotgani tasvirlangan video tarqalgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani hokimligi ushbu holatga munosabat bildirdi.

«O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 13-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5781-son farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida xorijiy kinokompaniyalar va kinostudiyalarni mamlakatga jalb qilish va kinoturizmni rivojlantirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratib berish belgilab berilgan.

Jumladan, Hindistonning Panorama Studios pvt. LTD kinokompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda «O‘zbekkino» Milliy agentligi bilan «Khuda Haafiz» nomli filmni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani hududida suratga olish ishlari rejalashtirilgan.

Foto: karakalpakstan.uz

Shunga asosan, 19-noyabr kuni film ijodkorlari tomonidan Beruniy tumani bilan chegaradosh hududda kino suratga olish uchun moslashtirilgan maxsus avtomobillarda tasvirga olish jarayonlari bo‘lib o‘tgan», — deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring