Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Qorao‘zak» stansiyasidagi vagonlarning biri yonib ketdi

«Qorao‘zak» stansiyasidagi vagonlarning biri yonib ketdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Bugun, 4 avgust kuni soat 13:29 da Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Qorao‘zak tumani «Qorao‘zak» stansiyasida turgan vagonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 14:30 da voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 14:40 da o‘rab olinib, 14:58 da to‘liq bartaraf etilgan. Qayd etilishicha, yong‘in o‘chirish qismidan yong‘in sodir bo‘lgan manzilgacha masofa taxminan 45 km.ni tashkil etadi.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in Qo‘ng‘irot yo‘li mashina stansiyasiga qarashli ishchilar yotoqxona sifatida foydalanishga mo‘ljallangan, boshqa tarkibdagi vagonlardan alohida turgan vagonda sodir bo‘lgan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbar xodimlari va tuman FV bo‘limi xodimlari chiqishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring