Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qidiruvdagi avtobus bemalol ko‘chalarda yurgan ekan, faqat boshqa davlat raqami bilan

Qidiruvdagi avtobus bemalol ko‘chalarda yurgan ekan, faqat boshqa davlat raqami bilan

Foto: «Publika.uz»

Xuddi shunday: qidiruvdagi avtoulov biror pana-pastqamga yarishilmagan, aksincha, ko‘chada bemalol yurib, hatto yo‘lovchilarga xizmat qilayotgan ekan?!

Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudi tegishli qaroriga ko‘ra qarzdor korxonadan "Inno tech grup" MChJ foydasiga 181 million so‘mdan ko‘proq pul undirish belgilangandi. Sud-ku qaror chiqarib berdi, ammo uning ijrosi MIB xodimlarini rosa "terlatdi"da o‘ziyam. Xodimlar qarzdorning avra-astarini ag‘dargandiki, bir emas, beshta "Isuzi saz" avtobusi borligi aniqlandi. Biroq qarzdor avtobuslarni yashirib qo‘yilgani sabab o‘ziniyam, trasport vositalariniyam daragi chiqavermadi (bu ham sud qarori ijrosiga to‘sqinlik qilishning bir ko‘rinishi!). Shundan so‘ng avtoulovlar MIB Qo‘qon shahar bo‘limi axborot ta’minoti va qidiruv guruhi tomonidan izlashga tushildi. To‘rt oy deganda avtobuslardan biri shaharning shundoq biqinidagi "Afg‘onbog‘" avtostansiyasidan topildi. Qarzdor korxona haydovchisi unga butunlay boshqa (40 758 OAA) davlat raqamini qadab, bemalol tirikchilik qilib yurgan ekan!

...Avtobus hozirda xatlangan, jarima maydonida turibdi. Yaqin kunlarda "kim oshdi"ga qo‘yiladi. Xaridori topilsa, tushgan pul haqdor hisob raqamiga o‘tkazib beriladi, nasib...

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring