Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qashqadaryoda g‘alla maydoni yonib ketdi. FVB izohi

Qashqadaryoda g‘alla maydoni yonib ketdi. FVB izohi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar.

Tarmoqda Qashqadaryoda g‘alla maydoni yonayotgani videosi tarqaldi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa viloyatning Kitob tumanidagi Minjil qishlog‘ida bz bergan. 

27-may kuni soat 15:11 larda Kitob tumani FVB ga «Zarafshon» MFY, Minjil qishlog‘ida joylashgan «Ayoqchi» fermer xo‘jaligiga qarashli ochiq dalada yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan, deyiladi viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabarida.

Yong‘inga 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan va soat 15:58 larda voqea joyiga yetib borib, yong‘inni 16:50 larda bartaraf etgan.

Yong‘in oqibatida fermer xo‘jaligiga qarashli taxminan 1 gektarga yaqin g‘alla maydoni zarar ko‘rgan.

Mahalliy aholi va yong‘in-qutqaruvchilarning sa’y-harakatlari bilan ekin maydonga yondosh bo‘lgan qariyb 15 gektar yekin maydoni yong‘indan saqlab qolindi.

Hozirda yong‘in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring