Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryo: dala shiyponidagi maishatbozlik xunuk oqibat bilan tugadi

Qashqadaryo: dala shiyponidagi maishatbozlik xunuk oqibat bilan tugadi

Foto: «Tergov.uz»

17-sentyabr kuni soat 03:00 da Koson tumani hududidagi fermer xo‘jaligiga qarashli dala shiyponi ro‘parasida 37 yoshli Sh.X. va 38 yoshli A.N. birgalikda spirtli ichimlik iste’mol qilishgan. So‘ngra ular mast holatda o‘zaro janjallashib qolishgan, A.N. janjal vaqtida qo‘lidagi oshxona pichog‘ini Sh.X.ning o‘ng va chap ko‘krak sohasiga qasddan sanchib olgan.

Tan jarohatlari olgan Sh.X. tibbiyot muassasaga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan Koson tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.N., ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «v» bandi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, A.N.ga nisbatan ayb e’lon qilinib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring