Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qarshida vayrona ostidan topilgan quruvchining shaxsi aniqlandi

Qarshida vayrona ostidan topilgan quruvchining shaxsi aniqlandi

Foto: «O‘zA»

23 iyun kuni Qarshi shahridagi «Nasaf Travel» mehmonxonasi binosining chap tomonidan qo‘shimcha qurilayotgan 5 qavatli binoning yuk ko‘taruvchi temir-beton konstruksiyalari qulab tushgani haqida xabar berilgandi.

Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi axborot xizmatining O‘zAga ma’lum qilishicha, qurilishda 5 nafar quruvchidan 4 nafari sog‘-salomat hech qanday tan jarohati olmagan. Qurilishda ishchi bo‘lib ishlayotgan 1983 yilda Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug‘ilgan fuqaro Sattorov Sirojiddinning jasadi olib borilgan qidiruv-qutqaruv ishlari natijasida erta tongda 24 iyun kuni soat 05:20 lar atrofida qulagan bino vayronalari ostida qidirib topildi.

Yuzaga kelgan favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish uchun tezkor shtab tashkil etilib, tezlikda viloyat Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tuzimlaridan iborat kuch-vositalar yig‘ildi.

Voqea joyiga Qashqadaryo viloyati maxsus vazifalarni bajaruvchi hududiy maxsus otryadidan 28 nafar qutqaruvchi, 16 nafar harbiy xizmatchi, 1 ta maxsus avariya-qutqaruv avtomashinasi, 3 ta Yong‘in o‘chirish ekipajlari, 1 ta ASO, 1 ta YoTM avtomashinasi, 1 ta TBM avtomashinasi, 2 ta avtokran, 8 ta yuk tashish texnikasi, 2 ta yuklovchi, 1 ta gaz avariya-tiklash avtomashinasi, 1 ta tez tibbiy yordam avtomashinasi va boshqa xizmat xodimlari jalb etilgan.

Ayni paytda holat bo‘yicha Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring