Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qarshida baxtsiz hodisa yuz bergan qurilish ob’yekti noqonuniy bo‘lgan - vazirlik

Qarshida baxtsiz hodisa yuz bergan qurilish ob’yekti noqonuniy bo‘lgan - vazirlik
23-iyun kuni Qarshidagi «Nasaf Travel» mehmonxonasi binosining o‘ng tomonidan qo‘shimcha qurilayotgan 5 qavatli yangi qurilishi yakunlanmagan binoning tom qismidagi tom yopma qurilmasi (beton plita) qulab tushgan va bir kishi vafot etgandi.
 
O‘zbekiston qurilish vazirligining axborot xizmatiga ko‘ra, Qashqadaryo viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi o‘rganish ishlari olib borganida, «Nasaf-Travel» kompaniyasiga tegishli ushbu ob’yektidagi qurilish ishlari ro‘yxatga olinmasdan, noqonuniy olib borilgani ma’lum bo‘lgan.
 
Buyurtmachi «Nasaf Travel» kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi «Arxitektura va qurilish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarorining, 5-ilovasi, ya’ni, «Qurilish-montaj ishlarini boshlash haqida xabarnoma yuborish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti»ga muvofiq, Qashqadaryo viloyat qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasini xabardor etmagan.
 
Shuningdek, ob’yekt qurilishi bo‘yicha, Qarshi shahar hokimining 2018 yil 5 iyundagi «Nasaf-Travel» kompaniyasiga tegishli 4566,92 kv.m yer maydonida joylashgan «Mehmonxona va restoran»ni rekonstruksiya qilishga hamda o‘z hududidan yordamchi binolar qurishga ruxsat etish to‘g‘risida”gi qarori bilan, «ob’yekt atrofini toza saqlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini doimiy bajarish hamda ob’yektda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun viloyat davlat arxitektura qurilish nazorati inspeksiyasidan ruxsatnoma olish yuklatilgan» bo‘lsada, buyurtmachi «Nasaf-Travel» kompaniyasi ushbu talabni bajarmagan.
 
Inspeksiya tomonidan ushbu ob’yekt qurilishi bo‘yicha «Nasaf-Travel» kompaniyasini bir necha bor ogohlantirgan bo‘lishiga qaramasdan, noqonuniy ravishda ob’yektda qurilish-montaj ishlarini davom ettirgan. Va qurilish me’yorlarining qo‘pol ravishda buzilishi oqibatida mazkur holat kelib chiqqan. Tadbirkorlik sub’yekti qonunda ko‘rsatilgan erkinliklarni suiste’mol qilgan. Noqonuniy qurilish ishlarini amalga oshirgan.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring