Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qamashida qo‘y-qo‘zilarni bo‘g‘izlagan noma’lum hayvon o‘ldirildi (foto)

Qamashida qo‘y-qo‘zilarni bo‘g‘izlagan noma’lum hayvon o‘ldirildi (foto)

Foto: «Nasafnews»

Kecha, 14 may kuni Qamashi tumani «Boburtepa» mahallasi Pasttol qishlog‘ida noma’lum hayvon mahalliy aholi vakillari tomonidan urib o‘ldirildi. Bu haqda «Nasafnews»ga qishloqda istiqomat qiluvchi aholi vakillari xabar bergan.

Ma’lum bo‘lishicha, hayvon qishloqdagi qo‘y-qo‘zilarni ko‘p marotaba bo‘g‘izlab ketgan. Aholi esa buning sababini bilmagan.

Foto: «Nasafnews»

«Boburtepa» mahallasi raisi Najim Norboyev noma’lum hayvonni «Chupakabra» deb taxmin qildi.

«Qishloqda 10 talar qo‘zini yedi birinchi. Bizlar kuchuk yeganmi deb, ushlay olmay yurgandik. Fuqarolarimizdan birining hovlisiga kirganda, ushlab kecha hayvonni o‘ldirishibdi», – deydi rais.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring