Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prokuratura Surxondaryoda kesilgan daraxtlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi

Prokuratura Surxondaryoda kesilgan daraxtlar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi

Foto: «Scat-tv.ru»

Ijtimoiy tarmoqlarda «Moratoriy faqat qog‘ozdami?» sarlavhasi ostida Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida 160 tup daraxt kesib tashlanganligi haqida tarqalgan xabarlar Sho‘rchi tumani prokuraturasi tomonidan tegishli mutaxassislar ishtirokida o‘rganilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati ma’lum qildi.

Aniqlanishicha, 2021-yil 13-sentyabrdan 14-sentyabrga o‘tar kechasi fuqaro O.X tomonidan tuman «Agro pilla» MChJga qarashli tut plantatsiyasidagi 40 tup tut daraxti noqonuniy tarzda qo‘porib tashlangani oqibatida jamiyat manfaatlariga 31 mln. 200 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan, joriy yilning 15-sentyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan O.X.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksining 79-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, tuman hokimining 08.04.2021-yildagi tut plantatsiyasidan bino qurilishi uchun yer ajratish haqidagi 708-sonli qarori qonun hujjatlariga zid ravishda qabul qilingani aniqlanib, uni bekor qilib, qonunga muvofiqlashtirish haqida prokuror protesti keltirildi.

Shuningdek, jamiyat tomonidan iqtisodiy zararni undirish masalasida fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritilgan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring