Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Profilaktika inspektoriga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan - IIV

Profilaktika inspektoriga  nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangan - IIV

Foto: IIV vazirligi matbuot xizmati

Ikki nafar organ xodimi fuqaroni majburan avtomashinaga tiqishga harakat qilayotgani ko‘ringan video tarmoqda tarqalgan edi. 

IIV matbuot xizmati mazkur holat yuzasidan tushuntirish bergan.

Unda aytilishicha «14-iyun kuni Nukus shahri hududida aholi orasida karantin qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi, Milliy Gvardiya hamda Nukus shahar IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punkti profilaktika inspektori katta leytenant R.Bekimbetovlardan iborat guruh Nukus shahridagi avtoturargoh atrofida tekshiruv ishlari olib borayotgan vaqtlarida 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro U.M.ning tibbiy niqobini taqmagan va taksi haydovchilari uchun belgilangan maxsus kombinezon kiymagan holda karantin qoidalariga amal qilmay faoliyat olib borayotganligi aniqlangan».

Holat yuzasidan Sanitariya epidemiologik nazorati davlat inspeksiyasi xodimi surishtiruv olib bormoqchi bo‘lganda, U.M. ularga faol qarshilik ko‘rsatib o‘zining harakatlari bilan shu yerda bo‘lgan boshqa shaxslarning e’tiborini jalb qilgan. «Aynan shu holat videotasvirda aks ettirilgan»- deyiladi bayonotda.

Oxir-oqibat vaziyat barqarorlashtirilib, fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bilan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Hozirda, Nukus shahar IIO FMB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi tayanch punkti profilaktika inspektori katta leytenant R.Bekimbetovning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring