Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Polshada 2 oydan beri kasal yotgan o‘zbek vafot etdi

Polshada 2 oydan beri kasal yotgan o‘zbek vafot etdi

21-oktyabr kuni Mazovetsk o‘pka va sil kasalliklarini davolash markazida (Polsha) 23-avgustdan beri davolanayotgan O‘zbekiston fuqarosi B.R. vafot etgan.

Bu haqda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi xabar berdi. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Elchixona vaziyatni nazoratga olgan va marhumning jasadini vatanga yuborish bilan bog‘liq masalalarni hal qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring