Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poyezd yo‘liga tosh terganlar fosh bo‘ldi

Poyezd yo‘liga tosh terganlar fosh bo‘ldi

Foto: «IIV.UZ»

2020-yil 15-noyabr kuni soat 13:20 da Sirdaryo viloyati IIB TXTBga  kelgan xabarga ko‘ra, 3485 km, 1-to‘siqda noma’lum shaxslar (15 va 16 yoshli o‘spirinlar) temir yo‘l iziga tosh qo‘yganligi ma’lum bo‘ldi.

Surishtiruv jarayonida «Guliston-Oqoltin» temir yo‘l bekatlari oralig‘i 3485-km, 1-to‘siqda joylashgan maxsus piyodalar o‘tish joyida voyaga yetmagan Guliston shahar 8-sonli o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchisi, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi 2004-y.t. J.N., Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yashovchi 2004-y.t. A.A.lar temir yo‘ldan o‘tib ketayotib rels ustiga toshlarni qo‘yib rasmga tushayotgan vaqtida aniqlangan.

IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi holat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etayotganini ma’lum qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring