Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Poyezd urib yuborishi oqibatida Namangan va Samarqandda 2 kishi nobud bo‘ldi

Poyezd urib yuborishi oqibatida Namangan va Samarqandda 2 kishi nobud bo‘ldi

Foto: Tergov departamenti

2020-yilning 10-yanvar kuni soat 12:25 larda yuk poyezdi 20 ta vagoni bilan birga G‘uncha shaharchasi hududidan o‘tuvchi «Chortoq-Namangan» bekatlari oralig‘idagi 96 kilometrning 2-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda 2 guruh nogironi (kar-soqov) 31 yoshli Z.Ya.ni urib yuborgan.

Oqibatda Z.Y. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etgan.

Samarqand viloyatida ham 10 yanvar kuni soat 20:50 larda 7-sonli «Moskva-Toshkent» yo‘nalishida harakatlanuvchi yo‘lovchi poyezdi «Zarafshon-Jomboy» bekatlari oralig‘ida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan 53 yoshli piyoda R.B.ni urib yuborgan.

Oqibatda R.B. olgan tan jarohatlari tufayli hodisa joyida vafot etadi.

IVV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Samarqand hamda Namangan viloyat Transport prokuraturalari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring