Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Peruda avtobus yonib ketdi, 20 kishi halok bo‘ldi

Peruda avtobus yonib ketdi, 20 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Trt.net.tr»

Peruda shimoldagi qirg‘oqbo‘yi Chiklayo shahriga yo‘l olgan ikki qavatli avtobus poytaxt Limadan chiqmasidan yonib ketdi. «Reuters» xabariga ko‘ra, baxtsiz hodisa oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 8 nafar inson kuyish jarohati olgan.

Hodisa sabablari aniqlanmoqda. Biroq shunisi ma’lumki, avtobus noqonuniy tarzda yonilg‘i sotilayotgan do‘kon yaqin joylashgani sababli hukumat bir necha hafta avval yopib qo‘ygan bekatda yonib ketgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in avtobusning ikkinchi qavatida ko‘tarilgan. Tergov talqiniga ko‘ra, bu yerda tez alangalanuvchi modda saqlangan bo‘lishi mumkin. Yong‘in xavfsizligi xizmati aniqlashicha, avtobusda o‘t o‘chirgichlar (ognetushitellar) soni me’yorda belgilanganidan kam bo‘lgan.

Avtobusning ikkinchi qavati ort qismida boshlangan alanga tezda butun salonga tarqagan va avtobus butunlay o‘t ichida qolgan.

Voqea joyiga yetib kelgan Lima shahri meri Horxe Munos vaziyatga oydinlik kiritishga va aybdorlar jazosiz qolmasligiga va’da berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring