Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Padarkush: Jizzaxda o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirdi

Padarkush: Jizzaxda o‘g‘il otasini pichoqlab o‘ldirdi

3-oktyabrda Jizzax shahrida 32 yoshli fuqaro mast holatda otasining ko‘ksiga pichoq urgan. Ota voqe joyida vafot etgan.

Bosh prokuratura axborot xizmati xabariga ko‘ra, ular spirtli ichimlik ta’sirida o‘zaro janjallashib qolishgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan shu kuni o‘g‘ilga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring