Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning 15 foiz aholisi elektr ta’minotisiz qoldi

O‘zbekistonning 15 foiz aholisi elektr ta’minotisiz qoldi

Foto: Energetika vazirligi

Kecha va bugun O‘zbekistonning ko‘pgina hududlarida elektr energiyasining uzilishi holatlari kuzatilmoqda.

Energetika vazirligining xabar berishicha, yomg‘ir va qor yog‘ishi sabab ko‘plab daraxtlarning shoxlari sinishi kuzatilgan. Natijada elektr tarmoqlarining shikastlanishi va avtomatik uzilishlari yuz bergan. Natijada mamlakat bo‘ylab iste’molchilarning 15 foizi energiya ta’minotisiz qolgan.

Qayd etilishicha, «Mintaqaviy elektr tarmoqlari» OAJning ta’mirlash guruhlari O‘zbekistonning barcha hududlarida ta’mirlash-tiklash ishlarini amalga oshirmoqdalar.

Energetika vazirligi, shuningdek, elektr ta’minotidagi uzilishlar elektr energiyasining tanqisligi bilan bog‘liq emasligini ta’kidlagan. Chunki hozirgi paytda me’yoridan ortiqcha elektr energiyasi ishlab chiqarilmoqda. Karantin sharoitida ko‘plab ob’yektlar va ishlab chiqarish ob’yektlari ishlamayotgani sabab O‘zbekistonda iste’mol qilinadigan elektr energiyasining umumiy hajmi kamaygan.

Noqulay ob-havo sharoiti tufayli uzilgan energiya ta’minotini tiklash choralari butun mamlakat bo‘ylab davom etmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring