Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonga soxta pasport bilan kirishga uringan guruh ushlandi

O‘zbekistonga soxta pasport bilan kirishga uringan guruh ushlandi

Foto: DXX Chegara qo‘shinlari

Bir guruh shaxslar qalbaki Malayziya pasporti bilan O‘zbekistonga kirishga urinishdi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 8-noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida 6 nafar shaxs taqdim etgan Malayziya pasportlari tekshirilgan va qalbaki ekanligi ma’lum bo‘lgan.

Tegishli organ vakillari o‘tkazgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu shaxslar aslida Shri-Lanka fuqarolari ekanligi aniqlangan. Ularga nisbatan tegishli choralar ko‘rilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring