Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda yarim milliondan ortiq kishi elektrsiz qoldi

O‘zbekistonda yarim milliondan ortiq kishi elektrsiz qoldi

Foto: «Xabar.uz»

AOKAda «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Jahongir Obidjonov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda elektr energiyasidagi uzilishlar bilan bog‘liq holatga izoh berildi.

Qayd etilishicha, kecha boshlangan va ayni paytda davom etishi  kuzatilayotgan kuchli shamol, qor bo‘roni oqibatida havo elektr tarmoqlari hamda trasformator punktlariga yetkazilgan shikast natijasida, respublika bo‘yicha, 110 kV kuchlanishli 7 dona havo liniyalarida va 6-10 kV kuchlanishli 476 dona havo liniyalarida uzilishlar vujudga kelgan. Tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, elektr energiyasidagi uzilishlar natijasida 550.100 nafar iste’molchi elektr energiyasisiz qolgan.

Ayni vaqtda iste’molchilarni bosqichma-bosqich tarmoqqa qayta ulash ishlari olib borilmoqda. Shuningdek,  elektr energiyasiz qolgan 350.200 dan ortiq yoki deyarli 60 foizi qayta tarmoqqa ulanishi ta’minlangan.

«O‘zgidromet» ma’lumotiga ko‘ra, bunday noqulay ob-havo sharoiti ayrim hududlarda bugun ham davom etishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda, «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ aholini elektr energiyasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan uzilishlardan ogohlantirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring