Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oydan ham yaqin: NASA Yerga asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirdi

Oydan ham yaqin: NASA Yerga asteroid yaqinlashayotganidan ogohlantirdi

Foto: NASA

NASA Yerga asteroid yaqinlashayotgani haqida xabar berdi. Osmon jismi Oydan ham yaqin masofada uchib o‘tadi.

Oyning Yerdan uzoqligi — 384 400 kilometr.

O‘lchamlari 22-49 metr atrofidagi «2011 ES4» asteroidi 1-sentyabrda Yerdan 71 805 kilometr masofada uchib o‘tishi kutilyapti. Bu Oyga nisbatan juda yaqin, biroq asteroid uncha katta emas — xavotirga o‘rin yo‘q.

«2011 ES4» Yer atrofida kezib yuruvchi «Apollon» asteroidlari turkumiga mansub. Ushbu asteroidlar va Quyosh atrofida aylanayotgan Yer orbitalari vaqti-vaqti bilan o‘zaro kesishib turadi. Olimlar «2011 ES4»ni oxirgi marta 2011-yil martida ko‘rishgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring