Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Oltiariqda kadastr xodimi 30 ming AQSh dollari talab qildi va...

Oltiariqda kadastr xodimi 30 ming AQSh dollari talab qildi va...

Foto:«Rossiyskaya gazeta»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda «Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri» davlat korxonasi Oltiariq tuman filiali mutaxassisi E.M. va boshqalar qo‘lga olindi.

Bu hada Bosh prokuratura matbuot xizmati «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, filial mutaxassisi  «M» fermer xo‘jaligiga tegishli takroriy ekindan bo‘shagan 5 gektar yer maydonini fuqaro O.N.ning nomiga bog‘dorchilik yo‘nalishi uchun ajratib berish va tuman hokimining qarorini chiqartirib berish evaziga 30 000 AQSh dollari talab qiladi. Shundan 22000 AQSh dollari va 28,5 mln. so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan «Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri»davlat korxonasi Oltiariq tumani filiali 2-toifali mutaxassisi E.M. va boshqalarga nisbatan JKning 168 va 28,211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring