Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olmaota-Toshkent yo‘lida avtobus ag‘anadi. 11 nafar inson halok bo‘lgan

Olmaota-Toshkent yo‘lida avtobus ag‘anadi. 11 nafar inson halok bo‘lgan

Foto: «Tengrinews.kz»

Qozog‘istonning Jambil viloyati xududida yirik yo‘l-transport halokati ro‘y berdi. Olmaota-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakat qilayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘anagan va 11 nafar inson voqea joyida halok bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra ularning barchasi O‘zbekiston fuqarosi ekani aytilgandi.

Fojea bugun, 20 aprel 05.00da ro‘y berdi. Olmaota - Toshkent yo‘lining 181-kilometrida Toyota Camry rusumidagi avtomobil yo‘l chetida turgan yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketadi. Uning ortidan kelayotgan avtobus haydovchisi yuqorida ko‘rsatilgan mashinalar bilan to‘qnashib ketishdan saqlanish uchun rulni buradi va yo‘ldan chiqib ketadi.

Oqibatda 9 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, 32 nafari turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yetkazilgan. Kasalxonada yana uch kishi jarohatlardan vafot etdi.

Qutqaruv ishlarida 15 transport va 50 kishi ishtirok etdi. Shuningdek Qozog‘iston respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligining vertolyotlari ham qutqaruv ishlariga jalb etilgan. Halokat ro‘y bergan joyga Jambil viloyati sog‘liqni saqlash bo‘limi boshlig‘i va uch nafar tajribali jarroh yetib kelgan.

Ayni vaqtda halokat yuzasidan surishtiruv ishlari davom etmoqda. Xabar.uz tahririyati halok bo‘lganlar oilasiga hamdardlik bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring