Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda ona uch oylik chaqalog‘ini sotayotganda qo‘lga tushdi

Ohangaronda ona uch oylik chaqalog‘ini sotayotganda qo‘lga tushdi

Uning bu qilmishi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan fosh etildi. Bu haqda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 3-yanvar kuni IIV Transportda XTBB xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi «Ohangaron» temiryo‘l bekati oldida tezkor tadbir o‘tkazildi. Tadbir davomida Ohangaron tumanida yashovchi, vaqtincha ishsiz G.I. o‘zining uch oylik chaqalog‘i V.I.ni 400 AQSh dollari evaziga «xaridor»ga sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlandi.

Hozirgi kunda V.I. Ohangaron shahar bolalar kasalxonasiga topshirilgan.

G.I.ga nisbatan Toshkent mintaqasi temiryo‘l transportida XTB Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring