Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ohangaronda «Mersedes-Benz» mashinasi beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

Ohangaronda «Mersedes-Benz» mashinasi beton to‘siqqa urilib, yonib ketdi

Foto: Videolavhadan skrinshot

Bugun, 14-oktyabr kuni soat taxminan 15:10 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan o‘tuvchi «Toshkent-O‘sh» avtomobil yo‘lining 158 kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Angren shahridan Ohangaron shahri tomonga harakatlanib kelayotgan, davlat raqami 01 423 GGA bo‘lgan  «Mersedes-Benz» rusumli yuk mashinasi yomg‘irli ob-havo sharoitida rul boshqaruvini eplay olmay, yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqqa borib urilgan. Zarb natijasida kelib chiqqan yong‘in sababli yuk mashinasi yonib ketgan.

«Yuk mashinasi boshqaruvida bo‘lgan haydovchi — 1988-yilda tug‘ilgan fuqaro K.E sog‘-salomat. YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Toshkent viloyati IIBB YHXB haydovchilardan kuz-qish yog‘ingarchilik mavsumida, tezlikni oshirmasliklarini va yo‘l qoidalariga amal qilishlarini so‘raydi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring