Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Nexia-3» va «Captiva» ishtirokida noxush hodisa sodir bo‘ldi

«Nexia-3» va «Captiva» ishtirokida noxush hodisa sodir bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, poytaxtda «Nexia-3» ishtirokida sodir bo‘lgan YTH yuzasidan ma’lumot berildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yil 20-sentyabr kuni soat 21:50 larda, Toshkent shahar Chilonzor tumani Muqumiy ko‘chasida 2000-yilda tug‘ilgan haydovchi S.S. «Nexia-3» rusumli avtomobilda harakatlanayotib Arnasoy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahaga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotgan va qarama-qarshi oqimni ajratuvchi bo‘lakda o‘rnatilgan yoritish chirog‘i ustuniga urilgan. Zarb oqibatida ustun ag‘darilib, ushbu yo‘lda bo‘lgan 1993-yilda tug‘ilgan haydovchi M.M. boshqaruvidagi «Captiva» rusumli avtomobilning tom qismiga tushgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. Transport vositalariga texnik shikast yetgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, hodisa sodir bo‘lishi sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring