Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiydagi «Makro» supermarketida yong‘in chiqdi

Navoiydagi «Makro» supermarketida yong‘in chiqdi

Illyustrativ foto

Navoiy shahridagi «Makro» savdo majmuasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati deb xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2020-yil 17-mart kuni soat 14:15 Navoiy viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga Navoiy shahri I.Karimovdagi Makro savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushgan. Yuzaga kelgan hodisa oqibatida majmuaning tashqi va bufet qismi 150 kv.m maydoni yongan.

Mazkur xabar yuzasidan voqea joyiga boshqarmaning 7 ta yong‘in o‘chirish ekipaji yetib bogan. Yong‘in-qutqaruv guruhining olib borgan tezkor harakatlari natijasida yong‘in soat 14:35da to‘liq bartaraf etilgan. Shuningdek, 2130 kv.m. maydoni alangandan saqlab qolingan. Yong‘inda halok bo‘lgan va jabrlanganlar qayd etilmagan.

Holatning kelib chiqish sabablari va zarari aniqlanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring