Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda tuman XTB mudirasi o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirildi

Navoiyda tuman XTB mudirasi o‘z turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ldirildi

Navbahor tumani Yangiyo‘l mahallasida  istiqomat qiluvchi  fuqaro  Sh.R. (1979-y.t) o‘z turmush o‘rtog‘i M. A.ning (1980-y.t.) qotiliga aylandi.

Ushbu ma’lumotni «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov tasdiqladi. Unga ko‘ra, voqelik 6 sentyabr oqshomida ro‘y bergan. Er-xotinning  o‘zaro  janjali xonadon sohibi oshxona pichog‘i bilan xotini tanasining turli qismlariga bir necha marta pichoq urishi bilan fojiaviy yakun topadi...

Ayol olgan jarohatlari natijasida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Sh.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-kismi (qotillik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Marhuma tuman xalq ta’limi bo‘limi mudirasi lavozimida ishlagani aytilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring