Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda tadbirkordan 16 ming AQSh dollari talab qilgan maktab direktori ushlandi

Navoiyda tadbirkordan 16 ming AQSh dollari talab qilgan maktab direktori ushlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi, DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir bo‘lib o‘tdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Navbahor tumanidagi 12-sonli maktab direktori A.O. xususiy korxona rahbari S.H.dan tuman hokimligi orqali granit qazib olish uchun yer ajratish masalasini hal qilib berish evaziga undan 16 000 AQSh dollari talab qilib, pulning bir qismi sifatida 9 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan. Bu haqda  Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan A.O.ga Jinoyat kodeksining 168 va 28, 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring