Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalari jazolandi

Navoiyda raqsga tushgan qizlarning ota-onalari jazolandi

Foto: Videodan lavha

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchi qizlar ta’lim dargohida behayo qiliqlar qilib raqsga tushgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Holat yuzasidan Navoiy viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmatining ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat joriy yilning 21 sentyabr kuni Navoiy viloyati Karmana tumani kasb-hunar maktabida sodir bo‘lgan.

«Unda 2 nafar o‘quvchi qiz kasb-hunar maktabining faollar zalida tadbirga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida o‘zbekona urf-odatlarimizga to‘g‘ri kelmaydigan raqsga tushib, ushbu harakatlarni tasvirga olishgan hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqatib yuborishgan. Ushbu holatlar mutasaddi rahbarlar hamda voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinib, ularning ta’lim-tarbiyasiga oid qat’iy chora-tadbirlar belgilab olindi

Voyaga yetmagan o‘quvchi qizlarning ota-onalariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-modda 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlanib, belgilangan tartibda jarimaga tortildi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring