Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Namanganda to‘rt nafar o‘g‘il egizak dunyoga keldi

Namanganda to‘rt nafar o‘g‘il egizak dunyoga keldi

Namangan viloyati Pop tumanida yashovchi Hozirovlar xonadonida bir yo‘la 4 nafarli egizak dunyoga keldi. Ularning otasi Bahodir Hozirov 31 yoshda bo‘lsa, onasi Madina Ikramova 30 yoshda bo‘lib, to‘ylari 2016-yil 26-oktyabrda bo‘lgan. Tabiiyki, ota-onaning bu voqeadan quvonchi cheksiz. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.

Ayolga onalik baxtini hadya etish ham mashaqqatli, ham sharafli. Bu yo‘lda Namangan viloyat perinatal markazida barcha sharoit sharoitlar yaratilgan bo‘lib, xodimlar fidoyilik bilan mehnat qilishmoqda.

– Onaga tug‘ruq jarayoniga qadar zamonaviy perinatal texnologiyalar bo‘yicha barcha zamonaviy yordam ko‘rsatildi, – deydi viloyat perinatal marazi direktori Iroda Muhitdinova. – Bolalarni sog‘-salomat ona qo‘liga topshirish maqsadida tajribalar shifokorlarimiz bilan tug‘ruq rejasini tuzib oldik. Tug‘ruq jarayoni uchun barcha zarur hozirlik ko‘rildi. Har bir bolaga to‘liq tibbiy yordam o‘rsatish uchun alohida mutaxassislar va apparatlar tayyorlandi. Natijada murakkab amaliyot samarali yakuniga yetkazildi.

Ma’lum bo‘lishicha, 1-bola 902 gramm, 2-bola 1360 gramm, 3-bola 1701 gramm, 4-bola esa 1400 grammni tashkil etgan.

Ayni paytda onaning ham, chaqaloqlarning ham ahvoli yaxshi bo‘lib, markaz shifokorlari nazoratida malakali tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring