Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Namanganda meros janjali ikki kishining o‘limi bilan yakunlandi

Namanganda meros janjali ikki kishining o‘limi bilan yakunlandi

Joriy yilning 24-iyun kuni Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro A.A. (1961-y.t.) va uning ukasi o‘rtasida meros uyni sotishdan tushgan 97 mln. so‘m pul mablag‘ini o‘zaro taqsimlashda nizo kelib chiqqan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, A.A ukasining uyida uning oila a’zolari bilan o‘zaro janjallashib, qasddan o‘ldirish maqsadida o‘zi bilan olib kelgan pichoq bilan dastlab ukasining turmush o‘rtog‘i G.M. (1964-y.t.) hamda uning qizlari X.A. (1987-y.t.) va G.A. (1994-y.t.)larning tanalarining turli joylariga bir necha marotaba urib, hodisa joyidan qochib yashiringan.

Natijada G.M. va uning qizi X.A.lar hodisa joyida vafot etganlar, o‘z vaqtida ko‘rsatilgan tibbiy yordam natijasida G.A.ning hayoti saqlab qolindi.

Mazkur holat yuzasidan To‘raqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tomonidan A.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «a», «j» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

A.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring