Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Motori o‘chib qolgan kichik samolyot avtoyo‘lga qo‘ndirildi (video)

Motori o‘chib qolgan kichik samolyot avtoyo‘lga qo‘ndirildi (video)

Skrinshot

Patrul xizmati xodimi Klinta Tompsonning (Parklend sh., Vashington shtati) navbatdagi ish kuni odatdagidan o‘zgacha o‘tdi: havaskor uchuvchi boshqaruvidagi samolyot uning xizmat mashinasi tepasidan «qo‘l uzatsa yetgulik» masofada o‘tib ketdi. Bu haqda «AP» xabar berdi.

Videoregistrator qayd etgan yozuvdan ko‘rinib turibdiki, bir o‘rinli «KR2» samolyoti avtoyo‘l bo‘ylab shiddat bilan pastlab, o‘z yo‘lida davom etayotgan haydovchilarni cho‘chitib yuborgan.

Vaziyatni to‘g‘ri anglagan patrul xodimi mashinasi bilan samolyotni quvishga tushadi.

Quvish ko‘pga bormadi: uchuvchi samolyotini beziyon qo‘ndirib, shundoqqina svetoforga yetganda to‘xtatishga ulgurgan.

Tompson darhol yo‘lni mashinasi bilan to‘sib qo‘yib, uchuvchiga samolyotini chetga olishda yordamlashgan.

Havaskor uchuvchi Devid Aklam yonilg‘i uzatish tizimi buzilib qolgani uchun motor to‘xtab qolganini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring