Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Moskva – Farg‘ona samolyotida vafot etgan fuqaro o‘zbek bo‘lib chiqdi

Moskva – Farg‘ona samolyotida vafot etgan fuqaro o‘zbek bo‘lib chiqdi

8-noyabr kuni Moskva – Farg‘ona yo‘nalishidagi samolyotda vafot etgan shaxs O‘zbekiston fuqarosi G.T. ekani aniqlangan.

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsulxonasi xabariga ko‘ra, u avvaliga o‘zini yomon his qilgan. Natijada samolyot Samara shahrining "Kurumoch" aeroportiga favqulodda qo‘ngan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va marhum tanasini vatanga qaytarish bilan bog‘liq konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring