Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meksikada ikki yirik sayyohlik kemasi to‘qnashib ketdi (foto+video)

Meksikada ikki yirik sayyohlik kemasi to‘qnashib ketdi (foto+video)

Skrinshot

Meksikaning Kosumel orolidagi portga kiravishda «Carnival Cruise» kompaniyasiga qarashli ikki yirik sayyohlik layneri to‘qnashib ketdi. Yo‘lovchilar va guvohlar olgan videolar «Tvitter»ga joylandi.


Kadrlardan ko‘rinib turibdiki, kemalardan biri ikkinchisining quyi palubasiga shikast yetkazgan. Kompaniya yetkazilgan zarar qiymatini o‘rganmoqda, shuning barobarida bu shikast kemaning suzishiga xalaqit bermasligi ma’lum qilingan. Yo‘lovchilar sayohatni davom ettiraverishlari mumkin, deyiladi CNN xabarida.

Dam oluvchilardan biri jarohatlangani aytilgan. Guvohlarga ko‘ra, to‘qnashuv bortga ulkan to‘lqin kelib urilishini eslatgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring