Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Marg‘ilondagi qotillik. Bosh prokuratura ma’lumot berdi

Marg‘ilondagi qotillik. Bosh prokuratura ma’lumot berdi

Foto:«Zarnews»

Marg‘ilonda sodir etilgan qotillik jinoyati bo‘yicha Bosh prokuratura ma’lumot berdi.

Mahkama matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovga ko‘ra,  shu yilning 15-oktyabr kuni 10:00larda Farg‘ona viloyati, Marg‘ilon shahri markazida joylashgan «Oygul» savdo majmuasida fuqaro S.T. (1999-y.t. ishchi) tanishi X.M. (1995-y.t., tadbirkor) va uning 3 nafar qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashib qoladi. Buning natijasida  S.T.  oshxona pichog‘ini  X.M.ning ko‘krak sohasiga bir marotaba urib, umriga zomin bo‘ladi.

Mazkur holat yuzasidan Marg‘ilon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 1-qismi (qasdan odam o‘ldirish)bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda S.T. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring