Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marg‘ilon hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z uyida osilgan holatda topildi

Marg‘ilon hokimining sobiq o‘rinbosari o‘z uyida osilgan holatda topildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Marg‘ilon shahar hokimining o‘rinbosari shanba kuni o‘z uyida osilgan holatda topilgani va buning sabablari aniq emasligi haqida xabarlar tarqaldi.

«Xabar.uz» so‘roviga ko‘ra Bosh prokuratura matbuot xizmati ushbu holatni tasdiqladi. Faqat qayd etildiki, 1984-yilda tug‘ilgan E.T. 2019-yilning aprel oyiga qadar Marg‘ilon hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlagan. U shu yilning 29-noyabridan 30-noyabriga o‘tar kechasi Farg‘ona shahridagi o‘z uyida osilgan holatda topilgan. 

Holat bo‘yicha tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Xabar to‘ldirilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring