Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Malibuda pirotexnika bilan shug‘ullanayotgan uddaburon qo‘lga tushdi

Malibuda pirotexnika bilan shug‘ullanayotgan uddaburon qo‘lga tushdi

Foto: «Wallpaperup.com»

2020-yil 1-dekabr kuni soat 01:30 larda Namangan viloyati IIB PPX va JTSB Karantin tadbirlarini ta’minlash bo‘linmasi xodimlari tomonidan «Namangan» muntazam YPX maskanida Namangan viloyatidan Toshkent shahriga qarab harakatlanayotgan «Malibu-2» rusumli avtotransport vositasining orqa yukxonasi xolislar ishtirokida tekshirildi. Natijada kelib chiqishi noaniq bo‘lgan 13 dona «7 SHOTS» (salyut), 32 dona «VOLK», 300 ta qutida 18.000 dona «Treniya» va 360 qutida 21.600 dona «Britanik» nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Namangan viloyati IIB Axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat bo‘yicha Namangan shaharida yashovchi 1990-yilda tug‘ilgan fuqaro Q.U.ga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Namangan shahar IIO FMBga topshirilgan, hozirgi kunda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring