Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktab qizlari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjalga rasmiy munosabat bildirildi

Maktab qizlari o‘rtasida sodir bo‘lgan janjalga rasmiy munosabat bildirildi

Videodan lavha

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumanida maktab o‘quvchilari o‘rtasida janjal aks etgan videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Qayd etilishicha, maktab o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lgan mazkur janjal Mirzaobod tumani 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hovlisida sodir bo‘lgan.

Joriy yilning 25 yanvarida umumiy o‘rta ta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilari G.P. (qiz bola) va R.M. (qiz bola) ning o‘zaro kelishmovchilik oqibatida tortishuvi janjalga sabab bo‘lgan. Bu vaqtda janjallashayotgan o‘quvchi qizlarni shu sinf o‘quvchisi K.Z. (o‘g‘il bola) tomonidan telefon kamerasida videotasvirga olingan hamda ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yuborilgan.

Mazkur holatda ikki o‘quvchiga ham jiddiy tan jarohatlari yetmagan. Viloyat hokimligi, xalq ta’limi va ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari, maktab rahbariyati, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirokida ko‘ngilsiz holat tanqidiy-tahliliy ruhda o‘rganib chiqilgan. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida ikki o‘quvchi o‘zaro yarashuvga qo‘l uzatishgan.

Shuningdek, maktab ma’muriyati tomonidan o‘quvchilarning ta’lim-tarbiyasi va xulq-atvori doimiy nazoratga olingan.

Shu bilan birga, maktabda tarbiya jarayoni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmaganligi, o‘quvchilarni maktabdan tashqari band qilish ishlarida kamchiliklar mavjudligi aniqlanib, maktab direktori va direktorning ma’naviyat masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga tegishlicha intizomiy chora ko‘rilgan.

O‘quvchilarning ota-onalari farzand tarbiyasidagi o‘z majburiyatlarni yetarli darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq jarimaga tortilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring