Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lacetti» haydovchisi YHXB xodimini mashinasida sudrab, tan jarohati yetkazdi

«Lacetti» haydovchisi YHXB xodimini mashinasida sudrab, tan jarohati yetkazdi

Foto: «Xabar.uz»

Kecha, 28 -oktyabr kuni soat 15-00larda fuqaro O‘.I. (1984 y.t.) Surxondaryo  viloyati, Uzun tumani, Ulankul mahallasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyat IIB YHXB xodimi B.M.ning (1988 y.t., tizimda 2008-yildan) qonuniy talablariga bo‘ysinmasdan boshqaruvidagi «Lacetti» rusumli avtomashinasida uni 10 metr masofaga sudrab ketib, tan jarohati yetkazgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro O‘.I.ga nisbatan JK 219-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring