Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda kuppa-kunduzi ayoldan katta miqdordagi pul tortib olindi

Toshkentda kuppa-kunduzi ayoldan katta miqdordagi pul tortib olindi

28 may kuni soat 14:20lar atrofida Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchilar A.M., aka-uka D.I. va O.I.lar Chilonzor-7 dahasi 23-uy oldida shu uyda yashovchi F.A. va uning hamkasbi – Uchtepa tumanilik R.Sh. larni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, F.A. ning qo‘lidan ichida 38 500 000 so‘m puli, fuqarolik pasporti va uyining kaliti bo‘lgan ayollar sumkasini tortib olgan.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, zo‘ravonlar R.Sh.ning qo‘lidagi barsetkasini tortib olmoqchi bo‘lganlarida, u qarshilik ko‘rsatgan, shundan so‘ng ular D.I. boshqaruvidagi «Kobalt» avtomashinasiga o‘tirib, voqea joyidan yashiringanlar.

Ichki ishlar xodimlarining amalga oshirgan chora-tadbirlari natijasida A.M., D.I. va O.I.lar ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring