Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Karantin vaqtida bog‘chani tunagan shaxs ushlandi

Karantin vaqtida bog‘chani tunagan shaxs ushlandi

Buxoro viloyati, Vobkent tumanida yashovchi fuqaro M.A. 28-mart kuni tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan.

26-mart kuni soat 10:00 larda noma’lum shaxs Rabotoxun MFYda joylashgan o‘zi rahbarlik qilayotgan maktabgacha ta’lim muassasasi yotoqxonasidan bir dona televizor, bino oshxonasidan bir dona mikroto‘lqinli pech, uch dona har xil turdagi oshxona qozonlari hamda boshqa jihozlarni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketganligini bildirgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlarida 22 yoshli S.D maktabgacha ta’lim muassasasi binosiga devordan oshib tushgan holda sodir qilganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan unga nisbatan JKning 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi ko‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring