Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Samarqand. «ISUZU» va «Lasetti» to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

Samarqand. «ISUZU» va «Lasetti»  to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

Foto:«Tergov.uz»

16-sentyabr kuni Samarqand viloyati, Paxtachi tumani hududidan o‘tgan yo‘lda haydovchi I.R., boshqaruvida bo‘lgan «ISUZU» rusumli yuk avtomashinani Navoiy viloyati yo‘nalishi bo‘yicha boshqarib borayotgan bo‘lgan.

So‘ngra old tomonidan harakatlanib ketayotgan 53 yoshli Sh.H., ning boshqaruvidagi «Lasetti» rusumli avtomashinaning orqa tomonidan urib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, «Lasetti» avtomashina yo‘lovchisi 70 yoshli H.X., olgan tan jarohatlari olib hodisa joyida vafot etgan, avtomashina yo‘lovchilari 68 yoshli H.U. (ayol) va 42 yoshli A.B., lar (ayol) turli darajada olgan tan jarohatlari bilan tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay H.U. vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Paxtachi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda jinoyat ishi bo‘yicha Samarqand viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring