Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbuldagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Istanbuldagi YTHda O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi (Turkiya) Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2020-yil 21-fevral kuni shahar ko‘chalaridan birida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi M.K. vafot etdi.

«Bosh konsulxona zarurat tug‘ilganda hamyurtimizning jasadini dafn etish uchun vatanga yuborishda uning qarindoshlariga konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarda yordam berish uchun vaziyatni nazoratga olgan»,- deyiladi TIV matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Eslati o‘tamiz, kuni kecha boshqa bir O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada balandlikdan yiqilib vafot etgani xabar qilingan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring