Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIB xodimining pogonini yulib olgan ayol uy qamog‘iga o‘tkazildi

IIB xodimining pogonini yulib olgan ayol uy qamog‘iga o‘tkazildi

Foto:«Xabar.uz»

Toshkentda ayol kishi (P.P. 27 yosh) IIB xodimining qonuniy talabiga bo‘ysunmay, aksincha, uning pogonini yulib olishdan tashqari xizmatda foydalanadigan aloqa vositasining antennasini sindirib tashlagani haqida xabar bergan edik.

Holat bo‘yicha  Jinoyat kodeksining 219-moddasi (hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov hakaratlari olib borilayotganidan ham voqifsiz.

Kuni kecha jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida  ayblanuvchiga nisbatan  qanday ehtiyot chorasi qo‘llash masalasi muhokama qilindi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Oliy sud matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sud Yakkasaroy tuman prokuraturasining ayolga nisbatan uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi iltimosnomasi ko‘rib chiqib, uni qanoatlantirish haqida ajrim chiqardi. Bunda ayblanuvchining tergov harakatlarini xolisona olib borilishiga to‘sqinlik qilib, guvohlarni ko‘ndirishga urinishi ehtimoli, shuningdek, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish uchun joriy etilgan karantin holatini e’tiborga olindi.

Tergov harakatlari nihoyasiga yetgach, jinoyat ishi sud tomonidan mazmunan ko‘rib chiqiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring