Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IIB, DXX va bojxona xizmati Samarqandda tezkor tadbir o‘tkazdi

IIB, DXX va bojxona xizmati Samarqandda tezkor tadbir o‘tkazdi

Foto:«Iiv.uz»

5-avgust kuni Samarqand viloyati IIB, DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda 1986-y.t. Yo.Sh.ning boshqaruvida bo‘lgan Lasetti rusumli avtomashina viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan Past Darg‘om tumani hududida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv davomida ushbu avtomashinadan ikki dona rangsiz sellofan paketiga o‘ralgan, 146.58 gramm og‘irlikdagi «opiy» giyohvandlik moddasi aniqlandi.

Yo.Sh. ushbu giyohvandlik moddasini Past Darg‘om tumanida yashovchi A.R.ga sotish uchun olib ketayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Tezkor tadbir davom ettirilib, Past Darg‘om tumanida yashovchi A.R. ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganda uning yashash uyidagi gaz plitasi ichidan 2.4 gramm og‘irlikdagi «opiy» giyohvandlik moddasi aniqlanib, daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirib olindi.

Bundan tashqari, Yo.Sh.ning yashash manzilida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida 1 kg 156 gr. «opiy», 1 kg 490 gr. «marixuana» giyohvandlik moddasi, 600 ml. «opiy» giyohvandlik vositasining suyuqligi va 36 ming AQSh dollari, 5 ming Rossiya rubli, 29 mln. so‘m miqdoridagi pullar protsessual tartibda rasmiylashtirilib olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring