Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Kasbida IBB xodimiga pora taklif qilgan fuqaro qo‘lga tushdi

Kasbida IBB xodimiga pora taklif qilgan fuqaro qo‘lga tushdi

Foto:«Xabar.uz»

3-fevral kuni Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi xodimi tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilgan. Unda fuqaro 34 yoshli S.X.ning uyidagi somonxonasida noqonuniy ravishda qo‘lbola usulda yasalgan juvoz uskunasini o‘rnatib paxta chigitidan yog‘ va shrot yemi ishlab chiqarayotganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari borligini va tekshiruv jarayonida S.X. undan o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik va jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishini so‘rab, evaziga jami 6.000.000 so‘m miqdorida pora taklif qilayotganligini bildirib, S.X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Bildirgiga asosan IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Kasbi tumani bo‘limi va Kasbi tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Fuqaro S.X. pora sifatida taklif qilgan jami 7.500.000 so‘m va 200 AQSh dollarini xodimning xizmat xonasida unga berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan va pullar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring