Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gulnora Karimovaning qizi onasining o‘z uyidan o‘g‘irlab ketilgani haqida yozdi

Gulnora Karimovaning qizi onasining o‘z uyidan o‘g‘irlab ketilgani haqida yozdi

Foto:«Instagram»

Gulnora Karimovaning qizi Imon Karimova «Instagram» tarmog‘ida onasi o‘z xonadonidan o‘g‘irlab ketilgani haqida rasm joylashtirgan va unga izoh yozgan.

Imonning so‘zlariga ko‘ra, ularning Toshkentdagi kvartirasiga prokuratura xodimlari bostirib kirib, dastlab onasiga tahdid qilgan, so‘ng uni noma’lum tomonga olib ketgan.

Foto:«Instagram»

Gulnora Karimovaning qizi onasi muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilinganidan keyin, 2018-yil iyuni oxiridan buyon Toshkent hududidagi xonadonda yashayotganini bildirgan.

«Repost» nashrining yozishicha, Bosh prokuratura Imon Karimovaning bayonoti haqiqatligini tasdiqlamadi, joylashtirilgan fotosuratlar esa eskiligini ma’lum qilgan.

Oldin ham Imon Karimova onasi blan birgalikda tushgan bir nechta rasmlarini e’lon qilgandi. Uning akasi Islom Karimov esa onasiga bosim bo‘layotganidan tashvishlanib post yozgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring