Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ganada avtobuslar to‘qnashuvi natijasida 17 kishi halok bo‘ldi

Ganada avtobuslar to‘qnashuvi natijasida 17 kishi halok bo‘ldi

Foto: «Argumenti.ru»

Gana shimolida bir-biriga qarama-qarshi harakatlangan ikkita avtobus to‘qnashib ketdi, 17 kishi halok bo‘ldi va 44 kishi jarohat oldi, deya xabar berdi Sinxua agentligi mahalliy politsiyaga tayanib.

Hodisa chorshanba kuni ertalab Buype aholi punkti yaqinidagi Kumasi va Tamale shaharlarini bog‘laydigan avtomagistral yo‘lida sodir bo‘lgan. Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, 16 kishi voqea joyida halok bo‘lishgan, bir kishi shifoxonada vafot etgan. Jabrlanganlarning hammasi yaqin oradagi shifoxonaga yetkazilgan. Politsiya ushbu hodisa yuzasidan tergov harakatlarini boshladi.

Mikroavtobuslar va avtobuslar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalari Ganada tez-tez uchrab turadi. Bu transport vositalarining qoniqarsiz texnik holati hamda haydovchilar tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilinmasligi tufayli sodir bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring