Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

G‘allaoroldagi ko‘ngilsizlik tufayli ikki kishi halok bo‘ldi

G‘allaoroldagi ko‘ngilsizlik tufayli ikki kishi halok bo‘ldi

Foto:«Tergov.uz»

15-oktyabr kuni 26 yoshli Sh.I., o‘zining boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasida Baxmal-G‘allaorol yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. So‘ngra u o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan 28 yoshli E.R., boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtomashinasi yo‘liga chiqib ketishi oqibatida, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan.

Natijada, har ikkala avtomashina haydovchilari tan jarohati sabab hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan.

Shuningdek,  ikki yo‘lovchi turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olib, G‘allaorol tumani tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring